Qozog‘iston O‘zbekistonga yangi yo‘l quradi
01.04.2025 / 10:20Osiyo infratuzilma investitsiya banki tomonidan moliyalashtiriladi.

Qozog‘iston hukumati Kizilorda – Uchquduq yo‘nalishida 320 km uzunlikdagi avtomobil yo‘lini qurishni rejalashtirmoqda. Loyiha uchun 140 mlrd tenge ajratilishi belgilangan.
Yangi yo‘lning 140 km qismi Qozog‘iston hududidan, 180 km qismi esa O‘zbekiston hududidan o‘tadi. Bundan tashqari, chegarada yangi avtomobil chegara punkti qurilishi ham rejalashtirilgan bo‘lib, uning qiymati 15 mlrd tenge deb baholanmoqda.
Qurilish ishlari 2025-yilda boshlanib, Osiyo infratuzilma investitsiya banki tomonidan moliyalashtiriladi. Shu bilan birga, Karaganda – Jezkazgan (513 km) avtomagistrali va Sariag‘ash shahrini aylanib o‘tuvchi yo‘l (102 km) qurilishi ham rejalashtirilgan.
Bu loyiha ikki davlat o‘rtasidagi savdo va transport aloqalarini sezilarli darajada yaxshilashi kutilmoqda.